Flask va SQLite bilan production muhitiga chiqish mumkinmi? (1-qism)
Flask va SQLite yordamida yaratilgan MVP production muhitiga chiqish uchun yetarlimi? Shu haqida bilib olishingiz mumkin.

Flask — oson va qulay Python veb-freymvorki. SQLite esa eng yengil va konfiguratsiyasiz ishlaydigan ma'lumotlar bazasi sifatida mashhur. Kichik loyihalar va prototiplar uchun bu ikkalasi ajoyib tanlov bo'lishi mumkin. Ammo savol tug‘iladi: ular bilan haqiqiy, production muhitiga chiqish mumkinmi?
Ushbu maqolada Flask va SQLite bilan production darajasida ishlashning afzalliklari va cheklovlarini ko‘rib chiqamiz. Qaysi hollarda bu texnologiyalar yetarli bo‘ladi, qaysi holatlarda esa ulardan voz kechish kerak bo‘ladi — hammasi haqida quyida batafsil.
Flask imkoniyatlari va cheklovlari
Flask — minimalistik freymvork bo‘lib, "mikro" deb atalishiga qaramay, kuchli kengaytirilish imkoniyatiga ega. U quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:
Imkoniyatlari:
- Tez prototiplash: Flask soddaligi sababli yangi loyihalarni tezda ishga tushirishga juda qulay.
- Modullilik: Kengaytma (extension) tizimi orqali kerakli funksiyalarni qo‘shish oson.
- Katta jamoa va hujjatlar: Flask foydalanuvchilari ko‘p, savollarga tez javob topish mumkin.
Cheklovlari:
- Ko‘p foydalanuvchilar uchun mo‘ljallanmagan: Flask default sozlamalari yuqori trafikga tayyor emas.
- Async qo‘llab-quvvatlovi cheklangan: Async funksiyalarni to‘liq ishlatish uchun qo‘shimcha sozlamalar kerak.
- Ko‘p komponentni qo‘lda sozlash kerak: Django kabi “barchasi ichida” emas — bu esa ishlab chiqarishga chiqishda ko‘proq vaqt talab qiladi.
SQLite imkoniyatlari va cheklovlari
SQLite — faylga asoslangan yengil ma’lumotlar bazasi bo‘lib, o‘rnatishsiz ishlaydi. Bu uni kichik loyihalar va sinov muhiti uchun qulay qiladi.
Imkoniyatlari:
- Nol konfiguratsiya: O‘rnatish kerak emas,
*.db
fayl bilan ishlaydi. - Juda yengil va tez: Kichik hajmli ilovalar uchun juda yaxshi ishlaydi.
- Krossplatforma: Deyarli har qanday muhitda ishlaydi.
Cheklovlari:
- Ko‘p foydalanuvchi ulanishi uchun yaroqsiz: Bir vaqtning o‘zida yozuv (write) operatsiyalari cheklangan.
- Tarmoqli rejimda ishlash yomon: Bitta fayl asosida ishlagani sababli, serverlarda masshtablash juda qiyin.
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda sekinlashadi: Kichik loyihalar uchun ajoyib, lekin katta tizimlar uchun emas.
Niyatim nima?
Ushbu maqolada men shunchaki nazariy gap-so‘zlar bilan cheklanib qolmayman. Aksincha, "Flask va SQLite asosida ishlab chiqarish (production) muhitiga chiqish mumkinmi?" degan savolga amaliy javob topmoqchiman.
Shuningdek, bu kombinatsiya qancha yuklama (load)ni ko‘tara oladi, qanday holatlarda ish berishi mumkin, va qachon undan voz kechish kerakligi haqida ham aniq xulosalarga kelishga harakat qilaman.
Testlar, real misollar va analizlar bilan bu masalani oydinlashtirib beraman. Shunday ekan, kuzatishda davom eting!