Performance Testing nima va uning turlari
Performance Testing — bu dasturiy ta'minot yuk ostida qanday ishlashini aniqlovchi test turi bo‘lib, tizimning tezligi, barqarorligi va samaradorligini baholashga yordam beradi. Ushbu maqolada Performance Testing nima ekanligi va uning asosiy turlari haqida qisqacha tushuncha olasiz.

Dasturiy ta'minot ishlab chiqishda muhim bosqichlardan biri bu — Performance Testing, ya’ni ishlash tezligini test qilish. Bu test orqali dastur yuk ostida qanday ishlashini, foydalanuvchilar ko‘p bo‘lsa yoki ma’lumotlar katta hajmda bo‘lsa ham, tizim barqaror va tezkor ishlashini tekshiriladi.
Performance Testing nima?
Performance Testing — bu dasturiy ta'minotning tezligi (speed), javob vaqti (response time), barqarorligi (stability) va resurslardan foydalanish darajasi (resource usage) kabi muhim jihatlarini baholovchi testlash turidir.
Asosiy maqsad — dastur oddiy holatda va yuqori yuklama holatida ham foydalanuvchiga qulay va barqaror xizmat ko‘rsatishini ta’minlashdir.
Performance Testing turlari
Performance Testing bir necha asosiy turlarga bo‘linadi:
Load Testing (Yuklama testi)
Bu test orqali tizimga ma’lum miqdorda foydalanuvchi yoki so‘rov yuboriladi. Maqsad — tizimning normal sharoitda qanday ishlashini aniqlash.
Misol: Veb-saytga bir vaqtning o‘zida 1000 kishi kirganda sayt ishlashdan to‘xtab qolmaydimi?
Stress Testing (Stress testi)
Stress testi tizimni maksimal yuk bilan sinaydi. Bu orqali tizimning qayerda buzilishi (break point) aniqlanadi.
Misol: 10 000 foydalanuvchi tizimga kirsa, tizim qayerda “yiqiladi”?
Spike Testing (Keskin yuklama testi)
Bu testda tizimga to‘satdan juda ko‘p so‘rov yuboriladi. Maqsad — tizim bunday holatda qanday javob berishini aniqlash.
Misol: Veb-saytga bir necha soniyada 5000 so‘rov yuboriladi.
Endurance Testing (Barqarorlik testi)
Bu test orqali tizim uzoq vaqt davomida yuk ostida ishlatiladi. Maqsad — vaqt o‘tishi bilan tizim resurslarini qanday boshqarishini aniqlash.
Misol: Tizim 8 soat davomida ishlaganda xotira tozalanyaptimi yoki resurslar tugayaptimi?
Volume Testing (Hajm testi)
Bu testda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlanadi. Maqsad — ma’lumot bazasi yoki dastur katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaganda qanday harakat qilishini tekshirish.
Misol: 1 million yozuvdan iborat ma’lumot bazasiga so‘rov yuborilganda tizim javobi qanday bo‘ladi?
Xulosa
Performance Testing — bu dasturiy ta'minot sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim jarayon. Uning yordamida foydalanuvchilarning real vaqtdagi tajribasini yaxshilash, serverlar resursini to‘g‘ri taqsimlash va tizimning ishonchliligini oshirish mumkin.
Agar siz dasturchi yoki QA injineri bo‘lishni istasangiz, Performance Testing asoslarini tushunishingiz katta afzallik beradi.